Mansurov Baxtiyor ShamurodovichUrolog, endourolog, laparoskopik urolog
‹ Barcha yo‘nalishlar va shifokorlar
Urologiya Buxoroda
Buxorodagi «Ulug'bek Ultramed» klinikasining urologiya bo‘limida urologlar bemorlarni qabul qiladi, tekshiradi va operatsiya qiladi, jumladan endourologik va laparoskopik usulda. 2025-yilda urologiya va ginekologiya bo‘yicha 751 ta operatsiya qildik; ularning har beshinchisi Buxoro viloyatida faqat bizda bajariladi. Urologik operatsiyalarning bir qismi Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan — ko‘rsatma va jamg‘arma shartlariga ko‘ra bajariladi.
Qabulxona: +998 65 221-76-74 · Du–Sha, 8:30–16:00
Xizmatlar
Tekshiruv
- Buyrak, siydik pufagi va prostata UZI
- TRUZI — prostatani to‘g‘ri ichak orqali UZI
- PSA tahlili
- Sistoskopiya — siydik pufagini ichidan ko‘rish
- Prostata bezi biopsiyasi
Buyrak, siydik nayi va siydik pufagi toshlari
- Buyrak toshlarini teshik orqali maydalash (perkutan nefrolitotripsiya), jumladan marjonsimon toshlarni
- Buyrak toshlarini kesmasdan, siydik yo‘llari orqali maydalash (retrograd intrarenal nefrolitotripsiya)
- Siydik nayi toshlarini maydalash (kontakt ureterolitotripsiya)
- Siydik pufagi toshlarini maydalash (sistolitotripsiya)
- Toshlarni laparoskopik olib tashlash (litotomiya)
- Siydik nayiga stent qo‘yish va uni olib tashlash
Prostata adenomasi
- Adenomani lazer bilan enukleatsiya qilish (HoLEP) — 150 g dan katta adenomada ham
- Prostatani transuretral rezeksiya qilish (TURP)
Buyrak, siydik pufagi va prostata o‘smalari
- Buyrak o‘smasini buyrakni saqlab qolgan holda laparoskopik olib tashlash (rezeksiya)
- Buyrakni laparoskopik olib tashlash (nefrektomiya)
- Laparoskopik prostatektomiya
- Siydik pufagi o‘smasini transuretral rezeksiya qilish
- Sistoprostatektomiya
Rekonstruktiv va boshqa operatsiyalar
- Buyrak jomi va siydik nayi tutashgan joyni laparoskopik plastika qilish
- Siydik nayini laparoskopik tiklash (uretero-ureteroanastomoz)
- Siydik chiqarish kanali operatsiyalari: uretrotomiya, anastomoz, bukkal plastika
- Buyrak usti bezini laparoskopik olib tashlash (adrenalektomiya)
- Buyrak kistasi: laparoskopik olib tashlash yoki punksiya
- Ayollarda siydik tuta olmaslikda TVT-O operatsiyasi
- Varikotsele, gidrotsele va moyak kistasi
- Chov churrasini plastika qilish
- Teshik orqali nefrostomiya va sistostomiya
Xizmatlar narxini qabulxonadan bilib olishingiz mumkin.
Kim qabul qiladi
Atoyev Sherzod SharifovichUrolog, rekonstruktiv uroginekolog, endoxirurg
Do‘stov Nodirbek HalimovichUrolog, endourolog
Kurbanov Bekzod ZulfikarovichUrolog, onkourolog, laparoskopik xirurg
Yodgorov Ibroxim FaxriddinovichUrolog, endourolog, androlog
Qabulga yozilish
Urologiya
Yo‘nalish, shifokor va vaqt — bir daqiqada. Kiosk uchun kod SMS orqali keladi.
Xo‘ja Ismat Buxoriy ko‘chasi, 64 · Du–Sha, 8:30–16:00
